Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni qayta joriy etmoqchi

AQSh Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni qayta joriy etmoqchi

​Bu haqda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp "Katta yettilik" (G7) sammitida jurnalistlarga ma’lum qildi.

Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish imkoniyati haqidagi savolga u shunday javob berdi:

​"Xo‘sh, tez orada bizda buni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi, chunki hozir bozorga neft kirib kelmoqda. Biz sanksiyalarni bekor qilgan edik, chunki neft yetkazib berilishiga to‘sqinlik qilishni xohlamagandik, shuning uchun tez orada qaysidir pallada buni amalga oshira oladigan holatga kelib qolamiz".

​Mart oyida Eron bilan urush fonida AQSh jahon bozoridan Rossiya neftini sotib olishga ruxsat beruvchi lisenziya bergan edi. 18 may kuni ushbu lisenziya muddati yana 30 kunga uzaytirildi. Kuni kecha AQSh va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida memorandum imzolandi. Hujjat Xo‘rmuz bo‘g‘ozi kemalar qatnovi uchun ochilishini nazarda tutadi, deya xabar bermoqda OAV.

Kiritildi: 13:11 17.06.2026. O'qildi: 1051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!