Bu haqda NBC News xabar bermoqda.
Qo‘shma Shtatlar razvedkasining so‘nggi baholashida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi urushni davom ettirish va jang maydonida g‘alaba qozonishga bo‘lgan qat’iyati hech qachon bugungidek kuchli bo‘lmagani qayd etilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, shu oyda Kongress a’zolariga taqdim etilgan tahliliy hisobot Rossiyaning Ukraina masalasida murosaga tayyorligidan darak beruvchi hech qanday belgilar yo‘qligini ko‘rsatgan.