Rossiya prezidenti bu haqda harbiy gospitalga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sinovlar 28 oktyabr kuni o‘tkazilgan.
"Poseydon”ning qudrati bizning eng istiqbolli qit’alararo raketamiz — “Sarmat”nikidan ancha yuqori. Bunday qurolning muqobili dunyoda hech kimda yo‘q", — dedi Putin.
U sinovlarni ulkan muvaffaqiyat deb atab, “Poseydon”ning harakat tezligi va chuqurlikda yurish qobiliyati jihatidan dunyoda tengi yo‘qligini ta’kidladi. Putin shuningdek, tez orada “Sarmat” qit’alararo raketasi tez orada jangovar navbatchilikka qo‘yilishini qo‘shimcha qildi.
“Poseydon” suv osti qurilmasi Rossiya yadro energiya tizimiga ega.
Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Putin, Rossiya cheksiz uchish masofasiga ega va yadro dvigateli bilan jihozlangan “Burevestnik” qanotli raketasini sinovdan o‘tkazganini ma’lum qilgan edi.