Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh razvedkasi harbiy amaliyotga qaramay Erondagi hukmron rejim qulashiga ishonmayapti

AQSh razvedkasi harbiy amaliyotga qaramay Erondagi hukmron rejim qulashiga ishonmayapti

Reuters agentligining manbalariga ko‘ra, Eron hukumati AQSh va Isroil bilan olib borilgan ikki haftalik urush davomida barqarorligini saqlab qolmoqda va yaqin kelajakda qulamasligi mumkin.

"Ko‘plab razvedka hisobotlarida “rejim qulash xavfida emas” va u “Eron aholisini nazorat qilmoqda” degan izchil tahlillar keltirilgan", — dedi Reuters manbalaridan biri.

Shuningdek, Isroilning yuqori martabali rasmiylari ham Eron rejimi tez orada qulashiga ishonch yo‘qligini tan olgan.

Isroillik manbaning ta’kidlashicha, Isroil hukumati Erondagi mavjud rejim saqlab qolinishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas. Uning aytishicha, hukumatni almashtirish uchun yer usti operasiyasi talab qilinadi.

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!