AQSh Milliy razvedkasi rahbari Tulsi Habbard Eron o‘z yadroviy dasturini qayta tiklashga urinayotgani haqida ma’lumotlar mavjud emasligini bildirdi.
U bu haqda global tahdidlar bo‘yicha eshituvlarda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda CNN.
Uning so‘zlariga ko‘ra, razvedka jamoasida uranni boyitish ishlari qayta boshlangani yoki vayron qilingan ob’ektlar tiklanayotgani haqida hech qanday dalil yo‘q.