Rossiya xavfsizlik kuchlari va AQSh maxfiy xizmati Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Alyaskaga tashrifi chog‘ida uning xavfsizligini birgalikda ta’minlaydi.
Bu haqda boshqarmaning sobiq xodimi Robert Makdonaldga tayanib, TASS xabar bermoqda.
Makdonaldning ta’kidlashicha, siyosiy kelishmovchiliklar davlat rahbarlarining tashriflari chog‘ida xavfsizlik protokoliga ta’sir qilmaydi.
"Prezident Putin Rossiyadan shaxsiy xavfsizligi va AQSh Maxfiy xizmati tomonidan qo‘shimcha himoyaga ega bo‘ladi. Bu yondashuv xalqaro amaliyotga mos keladi", - deydi ekspert.
Donald Tramp va Vladimir Putin 15 avgust kuni Alyaskada uchrashadi.
Kreml sammitning sanasi va joyini tasdiqladi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Alyaskani tanlash mantiqan to‘g‘ri – bu yerda Rossiya Federasiyasi va AQShning iqtisodiy manfaatlari, jumladan, Arktikada kesishadi.
Muzokaralarning asosiy mavzusi - Ukraina inqirozini uzoq muddatli tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘lini izlash. Moskva Trampga navbatdagi uchrashuvni Rossiyada o‘tkazishni taklif qildi.