Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh rasmiy ravishda Qatardan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi — Associated Press

AQSh rasmiy ravishda Qatardan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi — Associated Press

Qo‘shma Shtatlar mudofaa vaziri Pit Hegset Qatar amirining prezident Donald Trampga sovg‘a qilgan, qiymati 400 million dollarga teng Boeing 747 samolyotini rasmiy ravishda qabul qildi, deb xabar bermoqda agentlik Pentagondagi manbaga tayanib.

Qayd etilishicha, mazkur samolyot AQSh prezidentining maxsus layneri sifatida foydalaniladi.

"AQSh prezidentini tashishda ishlatiladigan samolyotga qo‘yiladigan xavfsizlik va funksional talablar bajarilishini ta’minlash uchun Mudofaa vazirligi tegishli choralarni ko‘radi", — deya Pentagon matbuot kotibi Shon Parnellning so‘zlarini keltiradi The New York Times.

Qatar Trampga “uchuvchi saroy” deya ataluvchi samolyotni sovg‘a qilmoqchi ekani haqidagi ma’lumot may oyining boshida paydo bo‘lgan edi. Shu bilan birga, bu samolyot AQSh prezidentining “birinchi borti” (Air Force One) talablariga javob berishi uchun deyarli to‘liq qismlarga ajratilib, qayta yig‘ilishi, ko‘plab xavfsizlik, aloqa va boshqa tizimlar bilan jihozlanishi kerak bo‘ladi. Bu jarayon bir necha yil va milliardlab dollar mablag‘ni talab qiladi.

Bundan tashqari, AQSh qonunchiligiga ko‘ra, federal hukumat xodimlariga xorijiy davlatlardan qiymati 480 dollardan ortiq bo‘lgan sovg‘a qabul qilish taqiqlangan, undan qimmat sovg‘alar avtomatik tarzda davlat mulkiga aylanadi.

Tramp esa, ushbu sovg‘aga shubha bilan qarayotgan siyosiy raqiblarini “firibgarlar” va “omadsizlar” deb atab, bunday tuhfalarning noo‘rinligi haqidagi tanqidlarni rad etmoqda.

Kiritildi: 11:07 22.05.2025. O'qildi: 1000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!