AQSh rasmiy kanallarni chetlab o‘tgan holda Grenlandiyaning harbiy infratuzilmasi haqida ma’lumot olishga uringan.
Bu haqda Berlingske nashri mamlakat Qurolli kuchlari va Mudofaa vazirligi hujjatlariga tayanib xabar bermoqda.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning yanvar oyida AQSh tomoni oroldagi harbiy ob’ektlar, portlar va aviabazalar, shuningdek aloqa vositalari va radiolokasiya inshootlari haqida ma’lumot olishga harakat qilgan.
Hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, ismi oshkor etilmagan AQSh harbiy amaldori ikki marta Daniyaning Grenlandiyadagi Birlashgan Arktika kuchlari qo‘mondonligiga infratuzilma bo‘yicha ma’lumot taqdim etishni so‘rab murojaat qilgan.