AQShga eksport qilinadigan 1 kg oltin quymalari yangi bojlar qo‘yiladigan tovarlar qatoriga kiradi va bu dunyodagi eng yirik oltinni qayta ishlash markazi hisoblangan Shveysariyaga zarba bo‘lishi mumkin.
Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Nashr tomonidan olingan AQSh bojxona va chegara xizmatining 31 iyuldagi buyrug‘iga ko‘ra, AQShga eksport qilish uchun mo‘ljallangan 1 kg va 100 unsiyalik oltin quymalari bojxona to‘lovlari to‘lanadigan bojxona kodeksi ostida tasniflanishi kerak. Qayd etilishicha, ushbu tartib “sanoatning avvalgi taxminlaridan keskin farq qiladi”, unga ko‘ra, bu turdagi oltin quymalari boshqa bojxona kodeksi ostida tasniflanishi kerak.
Financial Times eslatishicha, 1 kg og‘irlikdagi quymalar dunyodagi eng yirik oltin fyuchers bozori Comexda savdoning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, oltin Shveysariyadan AQShga eksport qilinadigan asosiy tovarlar qatoriga kiradi. Nashrning yozishicha, Vashingtonning bu qarori “jahon qimmatbaho metallar bozorida inqilobga olib kelishi va dunyodagi eng yirik oltinni qayta ishlash markazi bo‘lgan Shveysariyaga yangi zarba berishi mumkin”.