USS Harry Truman samolyot tashuvchi kemasidan F-18E Super Hornet qiruvchisi va uni yetaklayotgan texnik vosita dengizga tushib ketdi.
AQSh Dengiz kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, barcha ekipaj a’zolari qutqarilgan, bir dengizchi jarohat olgan.
Shu bilan birga, CNN yozishicha, yana bir F/A-18 qiruvchisi qo‘nish vaqtida tormoz tizimi ishdan chiqqani uchun suvga qulab tushgan. Uchuvchilar qutqarilgan, ammo samolyotning o‘zi hali topilmagan.