AQSh Harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti AQSh prezidenti Donald Trampning Florida shtatidagi Palm-Bichdagi qarorgohi ustidan cheklangan havo hududiga kirganidan so‘ng, havoga ko‘tarildi.
Bu haqda Shimoliy Amerika Aerokosmik mudofaa qo‘mondonligi ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan.
"Bugun ertalab NORAD F-16 Florida shtatidagi Palm-Bich osmonida cheklangan havo hududiga kirgan samolyotni tutib oldi. Vaziyat xavfsiz tarzda hal qilindi.", — deyiladi bayonotda.