Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh qaroqchilar kabi harakat qilmoqda — Eronning BMTdagi vakili

AQSh qaroqchilar kabi harakat qilmoqda — Eronning BMTdagi vakili

"Qo‘shma Shtatlar blokada deb nomlangan choralarni joriy etdi va xalqaro suvlarda Eron tijorat kemalarini egallab olish hamda ularning ekipajlarini hibsga olish kabi noqonuniy ishlarni amalga oshirmoqda. Bu harakatlar qaroqchilik va odamlarni garovga olish bilan teng", — dedi Iravoniy jurnalistlarga bergan bayonotida.

Uning ta’kidlashicha, Vashingtonning ushbu xatti-harakatlari xalqaro huquq va BMT Nizomini buzmoqda.

"AQSh majburlash va qo‘rqitish orqali tijorat kemalarini nishonga olib, ularning ekipajlarini dahshatga solgan holda, kemalarni noqonuniy egallab, dengizchilarni garovga olmoqda. Ular qaroqchilardek ish tutmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Amir Said Iravoniy.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!