AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kellog Tramp va Putinning Alyaskadagi uchrashuvida ishtirok etmoqchi bo‘lgan, biroq u delegasiya tarkibiga kiritilmagan
Bu haqda CNN yevropalik rasmiyga tayanib xabar bermoqda.
Tramp ma’muriyatidagi yuqori lavozimli mansabdorga ko‘ra, Rossiya tomoni Kit Kellogni Kiyevga xayrixoh shaxs sifatida ko‘radi, shu sababli uning sammitdagi ishtiroki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin deb hisoblangan.