Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh prezidentiga surunkali venoz yetishmovchiligi tashxisi qo‘yildi

AQSh prezidentiga surunkali venoz yetishmovchiligi tashxisi qo‘yildi

Donald Trampga oyoqlarida shish paydo bo‘lganidan keyin surunkali venoz yetishmovchiligi deb nomlanuvchi “xavfsiz va keng tarqalgan” vena kasalligi tashxisi qo‘yildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittga tayanib, qator ommaviy axborot vositalari xabar berdi. Bu holatda oyoqlardagi tomirlar qonni yurakka yetkazishda qiyinchiliklarga duch keladi.

"Yaqinda oyoqlarida shish paydo bo‘lganidan so‘ng Tramp qon tomirlarini tekshirishni o‘z ichiga olgan keng qamrovli tekshirpishdan o‘tdi", — deya Livittdan iqtibos keltirdi BBC.

Bir necha kun oldin prezidentning qo‘li ko‘kargani aks etgan fotosuratlar tarqalgalgandi, Livittning aytishicha, Trampning qo‘lidagi o‘zgarish aspirin qabul qilish va qo‘l siqib ko‘rishishlar bilan bog‘liq. U buni yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga qaratilgan standart rejimning bir qismi ekanini ta’kidladi.

Trampning tashxisi kamdan-kam hollarda prezidentning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni tan olishi hisoblanadi, deb yozdi The Washington Post.

O‘z navbatida, Trampning shifokori Shon Barbabella arterial kasallik, yurak yetishmovchiligi yoki boshqa tizimli kasalliklar haqida hech qanday dalil topmagan. Uning aytishicha, bu tashxis 70 yoshdan oshgan odamlarda keng tarqalgan.

Kiritildi: 18:08 18.07.2025. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!