Bu haqda Oq uy vakiliga tayanib, CNBC xabar bermoqda.
"Tariflar bugun, 12 avgust kuni kuchga kirishi kerak edi, biroq prezident Tramp o‘z farmoni bilan buni noyabr oyining o‘rtalariga ko‘chirdi. Bu kechiktirish AQSh savdo vakillari va ularning xitoylik hamkasblari o‘rtasidagi iyul oyi oxirida Stokgolmda bo‘lib o‘tgan muzokaralarning natijasidir", deyiladi CNBC xabarida.
Agar muddat uzaytirilmaganida, Xitoyga nisbatan tariflar AQSh tomonidan 145 foizga va Pekin tomonidan Vashingtonga nisbatan 125 foizga ko‘tarilgan bo‘lar edi.