AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron terma jamoasining JCH-2026dagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
«Eron terma jamoasini jahon chempionatida ko‘rishdan mamnunmiz, biroq ularning u yerda bo‘lishi o‘z hayoti va xavfsizligi nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiq deb hisoblamayman. Ushbu masalaga e’tibor qaratganingiz uchun tashakkur!» – deb yozdi Tramp.
JCH-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.