Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh Polshadagi Patriot tizimlarini Yaqin Sharqqa ko‘chirishni taklif qildi

AQSh Polshadagi Patriot tizimlarini Yaqin Sharqqa ko‘chirishni taklif qildi

AQSh Polshadagi Patriot tizimlarini Yaqin Sharqqa ko‘chirishni taklif qildi — Rzeczpospolita.

Vashington Varshavaga mamlakat hududida bo‘lib turgan "Patriot" havo hujumidan mudofaa batareyalaridan birini va raketalar zaxirasini Yaqin Sharqqa o‘tkazishni taklif etdi.

Rzeczpospolita nashrining yozishicha, gap nafaqat havo hujumidan mudofaa tizimi, balki Polshaga yetkazib berilgan eng zamonaviy "PAC-3 MSE" raketalari haqida ham ketmoqda. Mazkur tashabbus mintaqadagi to‘qnashuvlar davomida raketa va dronlarni urib tushirish uchun "Patriot" majmualaridan haddan tashqari ko‘p foydalanilgani va zaxiralar keskin kamayib ketgani bilan izohlanmoqda.

Biroq Polsha Mudofaa vazirligi bu ma’lumotlarni rasman inkor etdi. Vazirlik AQSh tomonidan hech qanday bosim yo‘qligini, ushbu tizimlar faqat Polsha xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallanganini va ularni xorijga ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilmayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Qo‘shma Shtatlardan kelayotgan harbiy yordam Ukraina o‘rniga Yaqin Sharqqa yo‘naltirilishi mumkinligidan xavotir bildirgan edi.

Kiritildi: Bugun 18:22. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!