AQSh Polshaning Jeshuve shahridagi logistika markazi orqali Ukrainaga harbiy yuklarni yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda Polsha bosh vaziri Donald Tusk xabar berdi.
Polsha TIV vakili Pavel Vronskiyning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bu qaror haqida NATO ittifoqchilari yoki Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan “Ramshteyn guruhi” bilan maslahatlashmagan.
"Hozirda ushbu masala Yevropa Ittifoqi Kengashida muhokama qilinmoqda. Bu qaror hech qanday ma’lumot almashinuvisiz yoki ittifoqchilar bilan maslahatlashmasdan qabul qilindi", — deya qo‘shimcha qildi Vronskiy.