Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Orban vazirlar mahkamasi rahbariga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

AQSh Orban vazirlar mahkamasi rahbariga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

AQSh Vengriya bosh vazirlar mahkamasi rahbari Antal Roganga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi.

Bu haqda AQSh moliya vazirligi ma’lum qildi.

"Quyidagi ma’lumotlar Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasining SDN ro‘yxatidan o‘chirildi: Rogan, Antal, Vengriya; 1972 yil 29 yanvarda tug‘ilgan”, — deyiladi AQSh agentligi saytida.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyati davrida Qo‘shma Shtatlar Roganni Vengriya iqtisodiyoti tarmoqlari ustidan nazorat o‘rnatish sxemalarini yaratishda ayblab, unga qarshi sanksiyalar kiritgan edi.

Prezident Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarda hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, Vashington "tez orada" oldingi ma’muriyatning "qasos"ga asoslangan dushmanona qarorlarini, shu jumladan Vengriyaga oid qarorlarini qayta ko‘rib chiqishiga ishontirdi.

Kiritildi: 09:38 16.04.2025. O'qildi: 722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!