Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh omborlarni noqonuniy muhojirlarni saqlash markazlariga aylantirishni rejalashtirmoqda

AQSh omborlarni noqonuniy muhojirlarni saqlash markazlariga aylantirishni rejalashtirmoqda

Vashington ma’muriyati deportasiyani tezlashtirish maqsadida bir qancha shtatlardagi sanoat omborlarini hujjatsiz muhojirlarni saqlash markazlariga aylantirishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, Immigrasiya va bojxona nazorati (ICE) ichki hujjatlari AQSh rasmiylari "sanoat omborlarini ta’mirlash" uchun pudratchilarni jalb qilish niyatida ekanliklarini bildiradi. Rejaga ko‘ra, ularni deportasiya qilishdan oldin "bir vaqtning o‘zida 80 000 dan ortiq hibsga olingan muhojirlarni ushlab turadigan" markazlarga aylantirish. Buning uchun "Virjiniya, Texas, Luiziana, Arizona, Jorjiya va Missuri shtatlaridagi asosiy transport markazlari yaqinida joylashgan yirik omborlar" tanlanishi kutilmoqda.

Nashrning yozishicha, 16 ta kichikroq markazlar bilan birga har birida 5-10 ming muhojirni o‘z ichiga olgan yettita yirik markaz tashkil etiladi. Ular maksimal 1500 kishini sig‘dirish uchun mo‘ljallangan. Nashrning aniqlik kiritishicha, bu rejalar yakuniy emas va o‘zgartirilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 07:30. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!