Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu dastur orqali boy xorijliklar Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib kelib, fuqarolik olishlari mumkin bo‘ladi.
"Bizda “grin karta” bor. Bu esa oltin karta. Biz bu kartaning narxini taxminan 5 million dollar etib belgilaymiz. Bu sizga “grin karta” imtiyozlarini beradi, shuningdek, AQSh fuqaroligi uchun yo‘l ochadi. Boy odamlar ushbu kartani sotib olib, mamlakatimizga kelishadi", – deya aniqlik kiritdi prezident.
AQSh Moliya vazirligi “oltin karta”ni sotib olishga nomzodlar sinchkovlik bilan tekshirilishini ma’lum qildi.