AQSh Oliy sudi Trampga harbiy holat qonuniga binoan muhojirlarni deportasiya qilishga ruxsat berdi.
"Oliy sud mamlakatimizda qonun ustuvorligini qo‘llab-quvvatladi, prezidentga kim bo‘lishidan qat’i nazar chegaralarimizni, oilalarimizni va yurtimizni himoya qilish imkoniyatini berdi", — deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Qo‘shma Shtatlar Oliy sudi prezidentning iltimosini qanoatlantirdi va quyi instansiya sudining chet elliklarni, xususan Venesueladagi “Tren de Aragua” jinoiy guruhi bilan aloqadorlikda gumon qilingan shaxslarni deportasiya qilishni to‘xtatib turgan qarorini bekor qildi.
Mazkur qarorni Oliy sudning besh a’zosi ma’qulladi, to‘rt nafari qarshi chiqdi.