Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Oliy sudi Tramp ma’muriyatiga migrantlarni o‘z vatanidan boshqa davlatlarga deportasiya qilishga ruxsat berdi

AQSh Oliy sudi Tramp ma’muriyatiga migrantlarni o‘z vatanidan boshqa davlatlarga deportasiya qilishga ruxsat berdi


Oliy sud ushbu qarorni 6 ga 3 ovoz bilan qabul qildi. Endi migrantlar o‘zi yuborilayotgan davlatda qiynoq, ta’qib yoki boshqa jiddiy xavfga duch kelishi mumkinligini vaj qilib, deportasiyaga e’tiroz bildira olmaydi.

Tramp ma’muriyati ushbu amaliyotni 2025 yilda immigrasiya siyosatini keskinlashtirish doirasida joriy etgandi. Bunga ayrim hollarda migrantlarni o‘z mamlakati qabul qilishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan. Shu tariqa AQSh hukumati ularni boshqa davlatlarga yubora boshlagan. CNN bu amaliyotni migrantlarni o‘z vatani o‘rniga boshqa davlatlarga deportasiya qilish, deb izohlaydi.

Mazkur dastur doirasida hozirgacha qariyb 25 ming kishi deportasiya qilingan. Biroq dasturning qonuniyligi bo‘yicha yakuniy qaror hali chiqarilmagan. AQSh Oliy sudi ish yuzasidan batafsil tinglovlarni dekabr oyida o‘tkazishi, yakuniy qarorni esa 2027 yil iyuligacha e’lon qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 12:20 01.10.2026. O'qildi: 404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!