Qo‘shma Shtatlar bir necha oy ichida noqonuniy migrasiya va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashga 300 million dollardan ortiq mablag‘ sarfladi.
Bu haqda CNN telekanali mamlakat Mudofaa vazirligidagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Pentagon muhojirlarga qarshi kurashning birinchi oyida 250 million dollarga yaqin mablag‘ sarflagan. Mart oyi o‘rtalariga kelib, bu ko‘rsatkich Ichki xavfsizlik departamenti va boshqa ba’zi idoralar xarajatlarini hisobga olmaganda, 328 million dollarga yetdi.
"Tramp ma’muriyatining janubiy chegarada immigrasiya va giyohvand moddalar oqimini kamaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli harbiy amaliyoti soliq to‘lovchilarga allaqachon 300 million dollardan ko‘proq zarar keltirgan”, — deyiladi telekanal xabarida.
Agar bu tendensiya davom etsa, noqonuniy muhojirlar va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash dasturining birinchi yili byudjetga ikki milliarddan ko‘proq mablag ’sarflaydi, deya ta’kidlaydi manbalar.