Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh noma’lum uchar jismlarga oid hujjatlarning to‘rtinchi qismini maxfiylikdan chiqardi

AQSh noma’lum uchar jismlarga oid hujjatlarning to‘rtinchi qismini maxfiylikdan chiqardi


Pentagon tomonidan e’lon qilingan 40 ta fayl quyidagilardan iborat: 14 ta hujjat, 19 ta video, to‘rtta audiofayl va uchta rasm.

Fayllarning qariyb yarmi 2010 yil yoki undan keyingi davrga tegishli. Materiallar qatoriga Tinch okeanining g‘arbiy qismi, Atlantika okeani va Yaqin Sharq hududlarida suratga olingan tushunarsiz ob’ektlarning infraqizil diapazondagi tasvirlari hamda fotosuratlari kiradi.

Hujjatlarning birida 2015 yilda Texasdagi yadro quroli ishlab chiqaruvchi zavod tepasidagi havo hududiga noma’lum ob’ektning kirib kelgani bayon qilingan. Hujjatda ob’ektni ta’qib qilgan ikki ofiserning ko‘rsatmalari ham keltirilgan. Ular ob’ekt hech qanday ovoz chiqarmaganini ta’kidlashgan.

Kiritildi: 21:02 12.07.2026. O'qildi: 991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!