Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Nigeriyadan qo‘shinlarining katta qismini olib chiqib ketdi

AQSh Nigeriyadan qo‘shinlarining katta qismini olib chiqib ketdi

Bu haqda AQSh Afrika qo‘mondonligi (AFRICOM) rahbari general Dagvin Anderson ma’lum qildi.

"Biz faqat o‘sha amaliyot uchun Nigeriyaga yuborilgan kuchlarimizning katta qismini olib chiqib ketdik. Biroq Nigeriya talabi bilan hamkorlikni davom ettiryapmiz va razvedka ma’lumotlarini bo‘lishishda yordam beryapmiz", — dedi Anderson.

Generalning so‘zlariga ko‘ra, Nigeriya harbiylarining bosimi va amaliyotning keng ommalashtirilishi o‘z samarasini bergan. Buning natijasida Nigeriya shimoli-sharqidagi yana ko‘plab ISHID jangari a’zolari taslim bo‘lgan va guruhdan qochgan.

May oyida AQSh va Nigeriya kuchlari mamlakat shimoli-sharqida harbiy amaliyot o‘tkazgan edi. Unda ISHID guruhining ikkinchi darajali yetakchisi bo‘lgan Abu Bilol al-Minukiy yo‘q qilingandi.

Kiritildi: 13:42 04.07.2026. O'qildi: 1129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!