Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh nega Yaqin Sharqni tark eta olmaydi?

AQSh nega Yaqin Sharqni tark eta olmaydi?

Vashington yillar davomida “abadiy urushlardan chiqish”ni va’da qilgan bo‘lsa-da, AQSh armiyasi yana Yaqin Sharqdagi to‘qnashuvlarning markaziga qaytdi. Axios nashrining yozishicha, Erondagi yadroviy ob’ektlarga amalga oshirilgan havo hujumlari shunchaki harbiy operasiya emas, balki Vashingtonning mintaqaga bo‘lgan chuqur geosiyosiy bog‘liqligini namoyon qildi.

Amerika neft, savdo yo‘llari va Ormuz bug‘ozidagi strategik nazoratni yo‘qotishi mumkin emas. Bundan tashqari, Isroilni himoya qilish — Vashington uchun doimiy strategik ustuvorlik bo‘lib qolmoqda. Shu sababdan AQSh hech qanday sharoitda Yaqin Sharqni butunlay tark etishga tayyor emas.

Hozirda mintaqada 40 mingdan ortiq amerikalik askar, yuzlab harbiy uchquchsiz dronlar va ikki ta avianoses joylashtirilgan. Eronning yadroviy dasturidan voz kechmasligi va AQSh bazalariga javob zarbalari Vashingtonni yanada faolroq pozisiya egallashga majbur qilmoqda.

Evropa AQSh himoyasiga ishonchini yo‘qotmoqda, Xitoy va Rossiya ta’sirini kengaytirmoqda. Biroq Vashington global xavfsizlikda yetakchi rolini saqlab qolish uchun Yaqin Sharqdagi ishtirokini davom ettirmoqda.

Kiritildi: 13:29 06.07.2025. O'qildi: 930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!