Bugun 11 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQSh NATO davlatlarini Rim statutidan chiqishga undagan — Politico

AQSh NATO davlatlarini Rim statutidan chiqishga undagan — Politico

AQSh NATO bo‘yicha ittifoqchilarini Rim statutidan chiqish va Xalqaro jinoyat sudi imkoniyatlarini cheklashga qaratilgan kampaniyani qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan. Bu haqda Politico alyans diplomatlariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bu talab iyul oyi o‘rtalarida Bryusselda NATOga a’zo 32 davlat elchilari ishtirokida o‘tgan yopiq yig‘ilishda bildirilgan.

Uch nafar diplomatning aytishicha, AQShning NATOdagi doimiy vakili Mettyu Uitaker ittifoqchilarni Xalqaro jinoyat sudi imkoniyatlarini cheklashga ko‘maklashish va uning asosiy hujjati — Rim statutidan chiqishga chaqirgan.

«Biz Amerika tomonida kim turganini diqqat bilan kuzatamiz», — degan Uitaker chiqishi yakunida, deb yozadi Politico suhbatdoshlariga tayanib.

Shuningdek, AQSh missiyasi NATO delegasiyalari orasida Vashington XJS imkoniyatlarini cheklash niyatida ekani aytilgan hujjatni tarqatgani xabar qilinmoqda. Unda ittifoqchilarga Rim statutidan chiqish jarayonini boshlash, sudni vakolatlarini oshirib yuborishda ayblab ochiq tanqid qilish va unga moddiy yordamni to‘xtatish taklif etilgan.

NATOning o‘zi Rim statuti ishtirokchisi emas. Biroq alyansga a’zo davlatlar orasida AQSh va Turkiyadan tashqari barchasi ushbu hujjatga qo‘shilgan.

Politico ma’lumotiga ko‘ra, joriy yozda Xalqaro jinoyat sudiga bosimni kuchaytirish tashabbusini AQSh davlat kotibi Marko Rubio ilgari surgan. U sud harakatlarini AQSh suverenitetiga daxl sifatida baholagan.

Kiritildi: 15:59 10.09.2026. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!