Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh muhojirlarni keng qamrovli qamoqqa olish ishlarini tikladi

AQSh muhojirlarni keng qamrovli qamoqqa olish ishlarini tikladi

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti qishloq xo‘jaligi sohasida, shuningdek, mehmonxona va restoran sanoatida ishlayotgan noqonuniy muhojirlarni hibsga olishni tiklashni buyurdi.

Bu haqda manbalarga tayanib, The Washington Post nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 16 iyun kuni IXD xodimlarni fermer xo‘jaliklari, shuningdek, mehmonxona va restoranlarda immigrasiya reydlarini to‘xtatish bo‘yicha o‘tgan hafta chiqarilgan buyruqni bekor qilayotgani haqida ma’lum qilgan.

"Zo‘ravon jinoyatchilarni o‘z ichiga olgan yoki Immigrasiya va bojxona nazorati xizmati ishiga qasddan putur yetkazadigan bizneslar uchun xavfsiz boshpana bo‘lmaydi", dedi Milliy xavfsizlik kotibi yordamchisi Trisha Maklaflin.

Kiritildi: 11:34 17.06.2025. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!