Tramp ma’muriyati mudofaa xarajatlarini YAIMning 5 foizigacha oshira olmagan NATO mamlakatlari uchun mudofaa majburiyatlaridan voz kechishni ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
Gazeta xabariga ko‘ra, Vashington bunday mamlakatlarga kollektiv mudofaa to‘g‘risidagi 5-moddani qo‘llash, ularning ittifoq qarorlarini qabul qilishdagi ishtirokini cheklash va qo‘shma mashqlarda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilish imkoniyatini rad etishi mumkin.
Bundan tashqari, Amerika qo‘shinlarini Germaniyadan olib chiqish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu choralar bo‘yicha muhokamalar ittifoqchilar Hormuz bo‘g‘ozida yuk tashishni to‘xtatish uchun harbiy kemalarni yuborishdan bosh tortgandan keyin boshlangan.
"Agar siz buning uchun pul to‘lamasangiz, kelajakdagi xarajatlar bo‘yicha ovoz bera olmaysiz", dedi gazeta manbasi.
Shuningdek, takliflar hali Bryusseldagi NATO shtab-kvartirasida rasman taqdim etilmaganligi ta’kidlangan.