AQSh va Ukraina o‘rtasida foydali qazilmalar bo‘yicha bitim tuzilishi Vashingtonning Rossiya-Ukraina urushini hal qilish bo‘yicha tinchlik jarayoniga sodiqligini ko‘rsatishi kerak.
Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessentning bayonotida aytiladi.
"Ushbu kelishuv Rossiyaga AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tinchlik jarayoniga sodiqligini, uning markazida erkin, suveren va uzoq muddatli istiqbolda gullab-yashnaydigan Ukraina turganini aniq anglatadi," - deyiladi uning AQSh Moliya vazirligi tomonidan tarqatilgan bayonotida.