AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning "Lukoyl" neft kompaniyasining xorijiy aktivlarini sotish lisenziyasini 28 fevralgacha uzaytirdi.
Bu agentlikning Xorijiy aktivlarni nazorat qilish idorasi (OFAC) tomonidan e’lon qilingan hujjatda aytilgan.
Lisenziya "Lukoil International GmbH" va uning aktivlarini sotish, tasarruf etish yoki o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar bilan bog‘liq bitimlarni amalga oshirishga ruxsat beradi. Lisenziya ilgari 17 yanvargacha amal qilgan.
Oktyabr oyida AQSh Moliya vazirligi "Lukoyl" va "Rosneft" kompaniyalarini, shuningdek, ushbu kompaniyalarning 34 ta sho‘’ba korxonalarini AQSh sanksiyalarining yangi paketiga kiritdi. 4 dekabr kuni departamenti Rossiyadan tashqaridagi "Lukoyl" ob’ektlarida tovarlar va xizmatlarni sotib olish bo‘yicha bitimlarni 2026 yil 29 aprelgacha amalga oshirishga ruxsat berdi. Ushbu lisenziya avvalroq 13 dekabrgacha uzaytirilgan edi.