Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Milliy gvardiyasi qo‘shinlari Chikagoga yetib keldi

A A A
AQSh Milliy gvardiyasi qo‘shinlari Chikagoga yetib keldi

AQSh Milliy gvardiyasi qo‘shinlari mahalliy hokimiyat noroziligiga qaramay, Illinoys shtatining Chikago shahri chekkasiga yetib keldi.

Bu haqda Amerika OAVlari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh armiyasining o‘quv markazi joylashgan Elvud chekkasida kamuflyajdagi qurolli qo‘shinlar kuzatilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq Chikagoda tartibni tiklashga yordam berish uchun Milliy gvardiyaning 300 nafar askariga buyruq bergan edi.

Illinoys gubernatori, demokrat Jey Bi Prisker prezident qarorini keskin tanqid qildi. Uning fikricha, mahalliy hokimiyat Chikagoda milliy gvardiyasiz xavfsizlikni saqlashga qodir.

Kiritildi: 08:15 08.10.2025. O'qildi: 1381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!