Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh ma’muriyati BMT, YUNESKO va JSSTga to‘lovlarni to‘xtatib turishni taklif qilmoqda

AQSh ma’muriyati BMT, YUNESKO va JSSTga to‘lovlarni to‘xtatib turishni taklif qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati BMT, YUNESKO va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ga Amerika tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatib turishni taklif qilmoqda. Bu haqda juma kuni Oq uy e’lon qilgan 2026 moliyaviy yili uchun AQSh federal byudjeti loyihasida bayon etilgan. Mazkur moliyaviy yil mamlakatda 1 oktyabrdan boshlanadi.

Hujjatga ko‘ra, Tramp ma’muriyati «BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarga ixtiyoriy to‘lovlarni to‘xtatish» hisobiga 1,7 milliard dollar miqdorida xarajatlarni qisqartirishni taklif qilmoqda. Xususan, BMT, YUNESKO va JSST byudjetlariga to‘lanadigan hissalar haqida so‘z bormoqda.

Byudjet loyihasida ta’kidlanishicha, AQSh prezidenti o‘z ixtiyoriga ko‘ra ushbu tashkilotlarga to‘lovlarni amalga oshirish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday maqsadlar uchun 2,9 milliard dollarlik maxsus fond tashkil etish taklif qilinmoqda va undan «strategik investisiyalar» uchun foydalanish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, hujjatda BMT doirasidagi ayrim «ziyonda bo‘lgan tinchlikparvarlik missiyalari»ni moliyalashtirishdan voz kechish hisobiga yana 1,6 milliard dollar miqdorida xarajatlarni qisqartirish taklif etilgan.

Kiritildi: 20:52 02.05.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!