Miami Herald yozishicha, Vashington Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga o‘zi, rafiqasi va o‘g‘li uchun mamlakatdan xavfsiz chiqib ketish kafolati evaziga darhol iste’fo berishni taklif qilgan.
Nashr manbalariga ko‘ra, bu AQSh tomonidan qo‘yilgan keskin ultimatum bo‘lgan: xavfsizlik kafolatlari faqat Maduro hokimiyatdan tezkor tarzda voz kechsa amal qilishi aytilgan.
Maduro esa bu taklifni rad etgan. U AQSh talablariga javoban “global amnistiya”, armiyani o‘z nazoratida qoldirish va ko‘proq vaqt talab qilgan. Vashington esa bu shartlarni mutlaqo qabul qilmagan.