Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh “Lukoyl”ning chet eldagi yonilg‘i quyish shoxobchalari bilan amaliyotlarni davom ettirishga ruxsat berdi

AQSh “Lukoyl”ning chet eldagi yonilg‘i quyish shoxobchalari bilan amaliyotlarni davom ettirishga ruxsat berdi

Bu haqda The Insider xabar bermoqda.

"AQSh Moliya vazirligi “Lukoyl” kompaniyasining Rossiyadan tashqarida joylashgan yonilg‘i quyish shoxobchalari bilan bog‘liq ayrim operasiyalarga ruxsat beruvchi lisenziyaning amal qilish muddatini uzaytirdi. Ushbu ruxsat xomashyo xaridi va AYOQShlarni texnik xizmat bilan ta’minlashga oid bitimlarni amalga oshirishga imkon beradi. Yangi muddat 2026 yilning 29 apreligacha etib belgilangan", deya yozadi nashr.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Lukoyl” Yevropa, Osiyo, Amerika va Yaqin Sharqdagi qariyb 2 mingta AYOQShga ega. Shulardan taxminan 200 tasi Qo‘shma Shtatlarning Nyu-Jersi, Pensilvaniya va Nyu-York shtatlarida joylashgan. Yana qariyb 600 tasi Turkiyada, 300 tasi esa Ruminiyada faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, kompaniya Moldova va Bolgariyadagi yoqilg‘i bozorining eng yirik ishtirokchilaridan biri hisoblanadi.

"Dastlab, AQSh sanksiyalari ostiga tushgan “Lukoyl”ning xorijdagi aktivlari bilan bog‘liq barcha bitimlar 21 noyabrgacha yakunlanishi belgilangan edi. Keyinchalik Vashington bu muddatni 13 dekabrgacha uzaytirdi. Bundan tashqari, AQSh Moliya vazirligi “Lukoyl”ning Bolgariyadagi bo‘linmalari bilan bog‘liq har qanday bitimlarning amal qilishiga 2026 yil 29 apreligacha alohida ruxsat bergan", deyiladi maqolada.

Kiritildi: Bugun 22:10. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!