AQSh Lotin Amerikadagi narkokartellarga qarshi quruqlikdan zarbalar berishni boshlamoqchi — Donald Tramp.
"Endi biz narkokartellarga qarshi quruqlikdagi amaliyotlarni boshlaymiz, chunki quruqlikda bu yanada osonroq", — deya AQSh prezidentining so‘zlarini keltiradi CNN.
Noyabr oyining oxirida Tramp AQSh "juda yaqin vaqt ichida" quruqlikdan zarbalar berishni boshlashiga va’da bergan edi. Sentyabr oyidan beri AQSh Venesuela qirg‘oqlari yaqinidagi, Qo‘shma Shtatlarga giyohvand moddalar olib ketayotganlikda gumon qilingan kemalarga raketa zarbalari bermoqda.
Tramp buni "jinoiy guruhlarga qarshi urush" deb izohlab, 2025 yil yanvarida ikkinchi muddati boshida AQSh Davlat departamentiga narkokartellarni terroristik tashkilotlarga tenglashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini aytdi.