Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh kuchlari Eronga ketayotgan kemani tutib, uning harbiy yukini qo‘lga oldi

AQSh kuchlari Eronga ketayotgan kemani tutib, uning harbiy yukini qo‘lga oldi

AQSh harbiylari Xitoydan Eronga ketayotgan yuk kemasini tutib oldi va u olib ketayotgan harbiy yukni qo‘lga oldi. Bu haqda The Wall Street Journal AQSh rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.

Gazetaning manbalariga ko‘ra, kema Hind okeanida, Shri-Lanka qirg‘oqlari yaqinida to‘xtatilgan. Operasiya Eronning harbiy arsenalini qayta tiklashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun amalga oshirildi; yuk yo‘q qilindi, shundan so‘ng kemaga belgilangan joyga borishga ruxsat berildi.

Bir necha kun oldin AQSh Venesuela va Erondan sanksiyalangan xom neft olib ketayotgan neft tankerini to‘xtatdi. Pentagon kotibi Pit Xegsetning aytishicha, kema xavfsiz tarzda tutib olingan. Venesuela tashqi ishlar vaziri Ivan Xil Pinto voqeani "qaroqchilik harakati" deb atadi, mamlakat rasmiylari buni keskin qoraladi.

Kiritildi: 10:00 13.12.2025. O'qildi: 921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!