Bugun 8 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Kuba iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlayotgan sakkizta tashkilot va beshta kemaga sanksiya kiritdi

AQSh Kuba iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlayotgan sakkizta tashkilot va beshta kemaga sanksiya kiritdi

AQSh Kuba iqtisodiyotini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlayotgan sakkizta tashkilot, ikki nafar jismoniy shaxs va beshta kemaga nisbatan sanksiyalar joriy etdi.

Bu haqda AQSh Davlat departamentining matbuot bayonotida ma’lum qilingan.

«Ushbu choralar neft tashish bilan bog‘liq tuzilmalar, Kuba elitasi, texnika importi va yetkazib berishga ixtisoslashgan davlat kompaniyalari, shuningdek, Kuba qurolli kuchlari uchun Xitoydan mahsulot yetkazib beruvchilarga taalluqli», — deyiladi xabarda.

Kubaga oid sanksiyalar ro‘yxatiga Xitoyning Elektronika importi va eksporti milliy korporasiyasi (CEIEC), shuningdek, uning sho‘’ba korxonasi — Beijing H&C Technologies ham kiritilgan.

«Kubaning hukmron elitasi o‘z boyligini orttirish maqsadida resurslarni to‘plamoqda, ayni paytda Kuba xalqi elektr energiyasi uzilishlari, yoqilg‘i tanqisligi va iqtisodiy turg‘unlik bilan yuzma-yuz qolmoqda. Bu tizimni saqlab qolish uchun hukumat ofshor vositachilar tarmog‘iga tayanadi. Davlat departamenti ularning ayrimlarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritmoqda», — deya ta’kidlangan vazirlik bayonotida.

Kiritildi: 09:40 06.11.2026. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik