Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Kremlga aprel oxirigacha muhlat berdimi?

AQSh Kremlga aprel oxirigacha muhlat berdimi?

Bu haqda Axios gashri xabar berdi.

Nashr manbasiga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun shartli muddatni belgilagan — aprel oxiriga qadar Kremldan otashkesim bo‘yicha qaror kutilmoqda.

Agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu muddat ichida tinchlik shartlariga ko‘nmasa, AQSh Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etishga tayyor. Sanksiyalar Trampning farmoni asosida ham, Kongress qabul qilgan alohida qonun orqali ham joriy etilishi mumkin. Bu holda farmon asosidagi sanksiyalar prezident qarori bilan darhol yechilishi mumkin, lekin qonun asosidagi cheklovlarni bekor qilish yillar, hatto o‘n yillab vaqt talab qilishi mumkin.

Kiritildi: 20:58 13.04.2025. O'qildi: 1004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!