Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQSh koronavirusga qarshi kurashish uchun superkompyuterlarni birlashtirdi

AQSh koronavirusga qarshi kurashish uchun superkompyuterlarni birlashtirdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari, davlat-xususiy sheriklik orqali koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish uchun superkompyuterlar tizimini birlashtirdi, deyiladi Energetika vazirligi matbuot-relizida.

"Koronavirusga qarshi yuqori samarali kompyuterlar konsorsiumining ishga tushirilishi koronavirus tadqiqotchilariga dunyodagi eng kuchli hisoblash manbalaridan foydalanish imkonini beradi, bu esa koronavirusga qarshi kurashda ilmiy kashfiyotlar sur’atini sezilarli darajada tezlashtirishi mumkin", – deyiladi vazirlik xabarida.

Energiya vazirligi va Oq uydan tashqari, IBM ham konsorsium ta’sischilaridan biri bo‘lgan.
"Hozirgi vaqtda konsorsium 16 ta tizimni birlashtirgan, ular birgalikda yuqori darajadagi superkompyuter imkoniyatlarini taqdim etadi", deyiladi vazirlik xabarida.

Energetika vazirligi qo‘shimcha resurslarni va’da qilmoqda, ular keyinchalik kompyuterlarga ulanadi. Konsorsiumning hisob-kitoblari bioinformatika, epidemiologiya va molekulyar modellashtirishda zarurdir. Ba’zi hollarda, bunday hisoblash kuchi ilmiy savolga odatdagidek haftalar yoki oylar ichida emas, balki soatlab javob berishga yordam beradi.

Oq uydagi matbuot anjumanida AQSh Prezidenti Donald Tramp "Google", "Microsoft" va Amazon, shuningdek, Massachusets texnologiya instituti va NASAga konsorsiumda ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kiritildi: 09:13 23.03.2020. O'qildi: 2906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!