AQSh Kongressi a’zosi Jo Uilson Isroilni Suriyaga aviasiya zarbalarini to‘xtatishga chaqirdi. U zarbalar “qat’iyan amalga oshirilmasligi kerak”ligini ta’kidladi.
Uilson Suriyada tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi butun Yaqin Sharq, ayniqsa Turkiya manfaatlariga xizmat qilishini qayd etdi.
Shuningdek, kongressmen Turkiyaning F-35 dasturiga qaytarilishini, Anqaraga qiruvchi samolyotlar sotilishini va CAATSA doirasida joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.