AQSh Kongressining Byudjet byurosi kiberhujumga uchradi, hujum xorijdan uyushtirilgan deb taxmin qilinmoqda.
Bu haqda The Washington Post (WP) nashri to‘rtta manbaga tayanib xabar berdi.
Post nashriga ko‘ra, xakerlar "Kongress tomonidan qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalaniladigan asosiy moliyaviy ma’lumotlarga" ruxsatsiz kirish huquqiga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Xususan, bunga AQSh qonun chiqaruvchilari idoralari va mustaqil tadqiqotchilar o‘rtasidagi yozishmalar kiradi.
Hujum oxirgi kunlarda aniqlangan. Nashrda ta’kidlanganidek, AQSh rasmiylari bu ma’lumotlar Vashington raqib deb hisoblagan mamlakatlar rasmiylariga oshkor etilishi mumkinligini tan olishmoqda.
Kongressning Byudjet byurosi AQSh qonun chiqaruvchi organidagi federal agentlik bo‘lib, unga iqtisodiy ma’lumotlar, hisob-kitoblar va prognozlarni taqdim etadi.