Qo‘shma Shtatlar Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq faoliyatni moliyaviy jihatdan cheklash maqsadida Kolumbiya prezident Gustavo Petro va uning yaqinlariga qarshi sanksiyalar qo‘llangan.
Nafaqat prezident, balki uning rafiqasi Veronika Alkosar, o‘g‘li Nikolas Petro va yaqin hamkori Armando Benedettiga qarshi cheklovlar kiritilgan.
"Endi Petro va uni yaqinlarining Qo‘shma Shtatlardagi barcha aktivlari muzlatiladi, ularga tegishli mol-mulk yoki mablag‘lardan foydalanish taqiqlanadi. Shuningdek, AQSh fuqarolari va kompaniyalariga ular bilan har qanday moliyaviy yoki tijoriy bitim tuzish qat’iyan man etiladi", deyiladi AQSh Moliya vazirligi bayonotida.