AQSh ma’muriyati Kiyev va NATO bo‘yicha ittifoqchilarning Buyuk Britaniyadagi vakillari bilan Ukraina inqirozini hal qilish bo‘yicha muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishdi.
Bu haqda Amerikaning Axios portali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
"AQSh rasmiysi menga prezident Tramp va Vladimir Putinning Alyaskadagi uchrashuvi oldidan bugungi bir necha soatlik uchrashuvlar Prezident Trampning Ukrainadagi urushni tugatish maqsadiga erishishda sezilarli muvaffaqiyatga erishganini aytdi”, — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq Axios manbalariga tayanib, AQSH, Ukraina va Yevropaning bir qancha davlatlari vakillari shu hafta oxirida Buyuk Britaniyada uchrashib, AQSh va Rossiya yetakchilarining sammiti oldidan pozisiyani kelishib olishlari haqida xabar bergan edi.
Avvalroq Tramp 15 avgust kuni AQShning Alyaska shtatida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashishini aytgandi.