Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh “Kartel de los Soles”ni terrorchilik tashkiloti deb e’lon qildi

AQSh “Kartel de los Soles”ni terrorchilik tashkiloti deb e’lon qildi

AQSh Venesuelaning “Kartel de los Soles” jinoiy guruhini rasman Xorijiy terrorchilik tashkilotlari (FTO) ro‘yxatiga kiritdi. Qaror kuchga kirishi bilan guruhga tegishli yoki Amerika fuqarolari nazoratidagi barcha aktivlar muzlatiladi, ular bilan har qanday bitimlar taqiqlanadi.

Shuningdek, ushbu kartel bilan hamkorlik qilgan xorijiy moliya muassasalari AQShning ikklamchi sanksiyalariga uchrashi mumkin.

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio “Kartel de los Soles”, “Tren de Aragua” va “Sinaloa” kabi guruhlarni yarim sharda zo‘ravonlik va narkotrafikning keskin o‘sishi uchun javobgar deb atadi. U Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va yuqori amaldorlarni kartelni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

Vashingtonning Lotin Amerikasi narkotik tarmoqlariga qarshi siyosati doirasida AQSh kema va suv osti kemalarini Venesuela qirg‘oqlariga joylashtirgan. Karakas bu harakatlarni xalqaro huquqni buzish deb tanqid qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning eng yirik aviatashuvchisi USS Gerald R. Ford ham mintaqadagi amaliyotlarda ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 13:41 25.11.2025. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!