Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Kanada va Meksikadan keltiruvchi avtomobillarni bir oyga yangi bojlardan ozod qildi

AQSh Kanada va Meksikadan keltiruvchi avtomobillarni bir oyga yangi bojlardan ozod qildi

Donald Tramp ma’muriyati Ford, General Motors va Stellantis avtokonsernlari bilan muzokaralardan so‘ng Kanada va Meksikadan AQShga avtomobillar importiga 25 foizlik bojlarning kuchga kirishini kechiktirishga qaror qildi.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt ma’lum qildi.

4 martdan boshlab Kanada va Meksikadan AQShga deyarli barcha turdagi mahsulotlar importi uchun 25 foizlik bojlar amal qila boshladi. Avvalroq, prezident Donald Tramp bojlarni joriy etishni bir oyga kechiktirgan edi, biroq shundan so‘ng ushbu davlatlar Qo‘shma Shtatlarga giyohvand moddalar, xususan, fentanil opioid moddasi oqimini to‘xtatish uchun yetarli choralar ko‘rmaganini ma’lum qildi, deb yozadi Reuters.

Kanada va Meksika Trampning ayblovlarini rad etishdi hamda bunga javoban AQShdan import qilinadigan mahsulotlarga bojxona tariflari joriy etilishini e’lon qilishdi.

Kiritildi: 14:22 06.03.2025. O'qildi: 1101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!