Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"AQSh josusi" prezident ma’muriyatida ishlagan ekan!

"AQSh josusi" prezident ma’muriyatida ishlagan ekan!

Shu kunlarda ayrim AQSh OAVlari tomonidan amerika "qimmatli shpioni" deb atalayotgan Oleg Smolenkov Kreml ma’muriyatida ishlagan, dedi Dmitriy Peskov, RIA Novostiga.

“Xa, rostdan ham Oleg Smolenkov prezident ma’muriyatida ishlagan, lekin lekin bir necha yil oldin u ishdan haydalgan. Uning lavozimi yuqori lavozimar kategoriyasiga kirmagan. AQSh OAVlari tomonidan kimdir birovni qutqargani va ho kazolar gaplar – bu "Pulp Fiction", ya’ni shunchaki sarguzasht yoki detektivlar toifasidan”, - dedi Peskov.

NBC telekanali xabariga ko‘ra, AQShning “qimmatli informatori" Vashington shahri yaqinida, AQSh hukumati himoyasida yashaydi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin bir qator AQSh OAVlarida Amerika o‘zining qimmatli shionini 2017 yilda Rossiyadan olib chiqib ketgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Maqolada aytilishiga ko‘ra, bunga sabab prezident Donald Trampning maxfiy qozozlar bilan ishlashda qo‘ygan ehtiyotsizligi bo‘lgan.

Rossiyalik ekspet Igor Nikolaychuk aytishiga qaraganda, ushbu shov-shuvning asl sababi butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin. Kelasi yilda AQShda prezident saylovlari bo‘lib o‘tishi kerak. Bu Tramp raqiblari tomonidan ushbu saylovga o‘ziga xos tayyorlanish bo‘lishi mumkin. Shov-suvning asl sababi – AQSh prezidenti o‘z saylovchilari oldida obro‘sini tushirish bo‘lishi mumkin.

 

Kiritildi: 17:58 10.09.2019. O'qildi: 3738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!