Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

AQSh josus samolyoti Suriya, Livan va Isroil yaqinida aniqlandi

A A A
AQSh josus samolyoti Suriya, Livan va Isroil yaqinida aniqlandi

Parvozlarni kuzatish xizmati FlightRadar24 AQSh harbiy-dengiz kuchlarining razvedkachi samolyoti Isroilning Bayrutga hujumi va Tehrondagi suiqasd mintaqadagi keskinlikni kuchaytirganidan so‘ng to‘rt soatdan ko‘proq vaqt davomida Suriya, Livan va Isroil qirg‘oqlari yaqinida parvoz qilganini hujjatlashtirdi.

Al-Jaziraning fakt-tekshirish agentligi Sanad tomonidan tasdiqlangan navigasiya ma’lumotlari EP-3E Aries II Orion'ning Gresiyaning Krit orolidagi Chania aeroportidan soat 10:00 da (GMT 07:00) Isroil qirg‘oqlariga yetib kelganini ko‘rsatdi.

Samolyot taktik razvedka ma’lumotlarini to‘playdi va uni deyarli bir zumda qo‘mondonlarga taqdim etadi.

Kiritildi: 17:48 01.08.2024. O'qildi: 1167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!