Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Janubiy Koreyadan Rossiya neftining narxini cheklash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi

A A A
AQSh Janubiy Koreyadan Rossiya neftining narxini cheklash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi

Qo‘shma Shtatlar Janubiy Koreyadan Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalar doirasida Rossiya nefti narxini cheklash taklifini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi, deb xabar bermoqda YONHAP agentligi manbalarga tayanib.

“Manbalarga ko‘ra, AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Brayan Nelson (...) Janubiy Koreyadan ushbu qadamga qo‘shilishni so‘ragan”, — deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, agentlik manbalariga ko‘ra, Rossiya neftining maksimal narxini belgilash masalasi AQSh moliya vaziri Janet Yellenning iyul oyida Janubiy Koreyaga ikki kunlik tashrifi chog‘ida “kun tartibidagi asosiy masalalardan biriga aylanishi mumkin”.

Iyun oyi boshida Germaniyada bo‘lib o‘tgan G7 yetakchilarining uch kunlik uchrashuvi chog‘ida Rossiya nefti va gaziga “narxlar chegarasini” belgilash tashabbusi atrofida texnik ishlarni boshlashga qaror qilingani xabar qilingandi.

Kiritildi: 07:40 30.06.2022. O'qildi: 2317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!